09:46 / 11.01.2020
3 217

Eron Ukraina samolyoti raketada urib tushirilganini tan oldi

Eron Ukraina samolyoti raketada urib tushirilganini tan oldi
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif o‘z tvitterida yozdi.
«Qurolli Kuchlar ichki tekshiruvining dastlabki xulosalari: AQSH avanturizmi tufayli yuzaga kelgan inqiroz paytida yuz bergan bir xato falokatga olib keldi. Biz chuqur afsusdamiz, xalqimizdan, barcha qurbonlarning oilalaridan va bundan jabrlangan mamlakatlardan uzr so‘raymiz va hamdardlik bildiramiz», – deb yozdi u.

Ko‘rinishidan, Eron qurolli kuchlari Ukraina samolyotini dushman ob’ekti (amerika samolyoti yoki raketa) sifatida xato qabul qilishgan va nishonga olishgan. Hukumat aybdorlarni jazolashga, tegishli xulosalar chiqarishga va’da bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eronda sodir bo‘lgan aviahalokat oqibatida 176 kishi halok bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Ukraina samolyoti raketada urib tushirilganini tan oldi