18:05 / 11.01.2020
3 996

Avstraliyada akula germaniyalik futbolchini yeb ketdi

Avstraliyada akula germaniyalik futbolchini yeb ketdi
Amerikaning «Gasting Bronkos» futbol klubi vakili Erik Birigitti Avstraliyada do‘stlari bilan o‘tkazayotgan ta’tili vaqtida fojiali vafot etdi. Bu haqda El Caso nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi toshli qirg‘oq bo‘ylab aylanib yurganida kutilmaganda sirpanib, tepalikdan suvga qulagan. Natija kuchli oqim Erik Birigittini dengiz tomon olib ketgan. Uning do‘stlari har qancha yordam berishga harakat qilishmasin, urinishlar zoye ketgan. Voqea joyiga politsiya va qutqaruv guruhlari yetib kelgach, kechasi jasadning qoldiqlarigina topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq dengizda Birigittiga akulalar hamla qilib, uni yeb ketishgan. Akula hujumiga qadar, Erik tirik bo‘lganmi yoki yo‘q – hozircha noma’lum.

Marhum futbolchining klubi «Gasting Bronkos» Erik Birigittining yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada akula germaniyalik futbolchini yeb ketdi