23:50 / 11.01.2020
3 785

Putin Liviyadagi rossiyalik yollanma askarlar to‘g‘risidagi savolga javob qaytardi

Putin Liviyadagi rossiyalik yollanma askarlar to‘g‘risidagi savolga javob qaytardi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Liviyadagi harbiy harakatlarda qatnashayotgan rossiyaliklar to‘g‘risida berilgan savolga javob qaytararkan, ular Rossiya manfaatlarini ifoda etmasligini bildirdi.

«Agarda Liviyada Rossiya fuqarolari bor bo‘lsa, ular Rossiya davlati manfaatlarini ifoda etishmaydi», — dedi Putin. Ular shuningdek, «Rossiya davlatidan pul olishmaydi», deb qo‘shib qo‘ydi u.

Liviyada Vagner xususiy harbiy kompaniyasining yollanma askarlari Xalifa Haftar armiyasi tarafida janglarda qatnashayotgani to‘g‘risida sentabr oyida Bloomberg xabar bergandi. Agentlikning bildirishicha, o‘shanda Liviyaga 100 nafar rossiyalik yollanma askar kelgan.

Dekabr oxirlarida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Liviyada Vagnerning 2 mingga yaqin jangchisi borligini aytdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Liviyadagi rossiyalik yollanma askarlar to‘g‘risidagi savolga javob qaytardi