23:35 / 12.01.2020
3 542

Buyuk Britaniya elchisi Eronda qo‘lga olindi, unga katta ayblov qo‘yilgan

Buyuk Britaniya elchisi Eronda qo‘lga olindi, unga katta ayblov qo‘yilgan
Tehronda Buyuk Britaniya elchisi Robert Makeyr qo‘lga olindi. U Eron poytaxtida norozilik namoyishlari tashkil etishda ayblanmoqda.

Shanba, 11 yanvarda bir guruh talabalar Amir Kabir nomidagi texnologiya universiteti qarshisida to‘plangan va Ukrainaga tegishli Boeing 737 samolyoti Eron qurolli kuchlari tomonidan urib tushirilgani yuzasidan norozilik namoyishi o‘tkazgan. Britaniya elchisiga o‘sha vaqtda talabalar orasida bo‘lgani va namoyishchilarni boshqarishga uringani ayblovi qo‘yildi.

Robert Makeyr qo‘lga olingandan so‘ng oradan bir necha soat o‘tib qo‘yib yuborildi. Diplomat o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar asossiz ekani to‘g‘risida tvitterdagi sahifasida yozib qoldirdi.

Uning ta’kidlashicha, namoyish o‘tayotgan joyga Boeing 737 qurbonlarini xotirlash uchun kelgan. Eslatib o‘tamiz, vafot etganlar orasida Buyuk Britaniya fuqarolari ham bo‘lgan. Ammo elchining ta’kidlashicha, xotirlash marosimi ishtirokchilari turli shiorlarni aytib, baqira boshlagach u darhol ketib qolgan. Shunga qaramay yarim soatdan so‘ng Eron huquq-tartibot xodimlari Robert Makeyrni qo‘lga olishgan.

«Diplomatni qo‘lga olish har qanday mamlakatda noqonuniy hisoblanadi», — deydi Makeyr.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya elchisi Eronda qo‘lga olindi, unga katta ayblov qo‘yilgan