08:58 / 13.01.2020
2 555

AQSH harbiylarini olib chiqib ketadigan bo‘lsa Iroqdan kompensatsiya talab qiladi

AQSH harbiylarini olib chiqib ketadigan bo‘lsa Iroqdan kompensatsiya talab qiladi
Foto: Fox News
Vashington AQSH harbiylari Iroq hududidan chiqib ketadigan bo‘lsa, Bag‘doddan kompensatsiya talab qiladi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp ma’lum qilgan. Suningdek, u Iroqning Amerika harbiylarining ketishi haqida jamoatchilik oldida bayonot berayotgani, biroq o‘zaro munosabatlarda bu haqda umuman gapirilmaganini ta’kidlagan, deb yozmoqda «Daryo».

«Men agar biz chiqib ketadigan bo‘lsak, u holda siz bizga bu yerga ishlatgan pullarimiz uchun to‘lov qilishingiz talab etiladi»,— degan Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Donald Tramp bugungi kunda AQSHda Iroqning ancha-muncha puli, xususan 35 milliard dollar mavjudligini bildirgan. Uning fikricha Bag‘dod kompensatsiya to‘laydi, aks holda pullar Amerika hisob raqamida qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni AQSH Bag‘dod aeroporti yaqiniga bergan aviazarba oqibatida Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniy halok bo‘lgan. Iroq hukumati hujum haqida oldindan ogohlantirilganini ma’lum qilgan. Voqeadan keyin Iroq parlamenti mamlakat hududidan xorijlik harbiylarni chiqarib yuborishga ovoz berdi. Keyinchalik Pentagon AQSHning Iroq hududidan harbiylarni olib chiqib ketish niyati yo‘qligini bildirgan. AQSH mudofaa vaziri Mark Esper Iroq harbiylarni mamlakatdan chiqarish bo‘yicha rasmiy shaklda yozma murojaat kelib tushmaganini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH harbiylarini olib chiqib ketadigan bo‘lsa Iroqdan kompensatsiya talab qiladi