14:13 / 13.01.2020
3 387

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ishtirokida 2 ta ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ishtirokida 2 ta ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi
O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsulxonasi 2020 yil 12 yanvar kuni Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 53 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Aqto‘be viloyati hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00da avtobus ta’mirlash ishlari yakunlangach, marshrut bo‘yicha harakatlanishda davom etdi.

Bosh konsulxona, shuningdek,13 yanvar kuni Aqto‘be – Orenburg trassasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani, natijada voqea joyida haydovchi, O‘zbekiston fuqarosi E.M. halok bo‘lgani, yana bir vatandoshimiz I.K. turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida ham xabar berdi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qish mavsumida Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratgan.

Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, jumladan tranzit bilan boshqa davlatga o‘tayotgan yurtdoshlar, zarur hollarda mamlakatning Nur-Sulton shahridagi elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qo‘stanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aqtau shahridagi bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ishtirokida 2 ta ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi