2 758
Yelizaveta II shahzoda Harri va Meganning yangi hayot boshlash istagini qo‘llab-quvvatladi
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Sasseks gersog va gersogining yangi hayot boshlash niyatini qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq Harri va Meganning hamma uchun kutilmagan holatda qirollik oilasining katta a’zolari sifatidagi majburiyatlarini bajarishdan voz kechmoqchi ekanliklarini bildirishgandi.
Qirolicha moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lish istagini bildirgan shahzoda Harri va Meganning kelajagini muhokama qilish uchun dushanba kuni qirollik oilasining katta a’zolarini Sandringhem saroyiga yig‘di.
«Garchi biz ular qirollik oilasining to‘laqonli a’zolari bo‘lib qolishini afzal ko‘rsak ham, biz ularning yanada mustaqil hayot kechirish, shu bilan birga oilamizning qadrli qismi bo‘lib qolish istagini hurmat qilamiz va tushunamiz», – deyiladi bayonotda.
Qirolichaning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda o‘tish davri to‘g‘risida kelishuvga erishildi, bu davrda Sasseks gersogi va gersoginyasi vaqtining bir qismini Kanadada, qolgan qismini Britaniyada o‘tkazishadi. Ushbu davr qancha davom etishi noma’lum.
«Mening oilam qiyin masalalarni hal qilishi kerak, hali oldinda juda ko‘p ish bor, lekin men yakuniy qarorlar yaqin kunlarda qabul qilinishini so‘radim», — deydi qirolicha bayonot oxirida.
Sandringhem saroyidagi uchrashuvda qirolicha Yelizaveta II va nabirasi shahzoda Harri bilan birga Harrining otasi bo‘lmish Uels shahzodasi Charlz va uning akasi shahzoda Uilyam ishtirok etishdi. Harrining rafiqasi Meganning telefon orqali suhbatda ishtirok etadi deb taxmin qilingandi.
Uchrashuvda qirollik oilasi a’zolari Harri va Meganning qirollik oilasining katta a’zolari sifatida vazifalarni bajarishdan bosh tortishining oqibatlari, xususan, saroydan qancha haq olishlari, unvonlari va ularga kirishga ruxsat berilgan tijorat shartnomalari tafsilotlari muhokama qilinishi aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi