08:28 / 15.01.2020
2 973

Yaponiyalik milliarder Oyga safar uchun ayol hamroh qidirayotganini e’lon qildi

Yaponiyalik milliarder Oyga safar uchun ayol hamroh qidirayotganini e’lon qildi
Foto: Reuters
SpaceX kompaniyasining birinchi koinot sayyohi bo‘lishi kutilayotgan yaponiyalik milliarder Yusaku Maedzava Oyga safar uchun ayol hamroh qidirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Tanishuv va tanlov Abema.TV striming servisidagi realiti-shouda bo‘lib o‘tadi. Buning uchun kasting ham e’lon qilingan. 17 yanvarga qadar realiti-shou saytida yoshi 20 dan katta bo‘lgan xohlovchilardan talabnomalar qabul qilinadi.

Qatnashchilar tanlovi 25—26 yanvarga mo‘ljallangan, fevral o‘rtalarida turkum uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, mart oxirida esa milliarder uzil-kesil qaror qabul qiladi.

«Yetarlicha pul, obro‘ va nufuzga ega bo‘ldim. Biroq endi hammasini qaytadan boshlayman. Hozir 44 ga kirdim va o‘zimni yolg‘iz his etmoqdaman. Shu bois suyukli ayol hamrohim bo‘lishi kerakligi haqida o‘ylay boshladim», — deydi Maedzava.

Starship kemasidagi parvoz 2023 yilga mo‘ljallangan. Kema Oyga 200 kilometr masofagacha yaqinlashishi va shundan so‘ng Yerga qaytishi ko‘zda tutilmoqda.

Maedzava bilan birgalikda yana 6—8 nafar san’at namoyandalari ham uchadi. Mol-mulki 2 milliard dollarga baholanayotgan Zozotown onlayn-do‘koni asoschisi ularning missiyasidagi ishtirokini to‘lab beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik milliarder Oyga safar uchun ayol hamroh qidirayotganini e’lon qildi