15:45 / 15.01.2020
2 273

Amazon Hindiston kichik va o‘rta biznesini onlayn-savdoga ulash uchun 1 mlrd dollar ajratadi

Amazon Hindiston kichik va o‘rta biznesini onlayn-savdoga ulash uchun 1 mlrd dollar ajratadi
Foto: REUTERS
Amazon Hindiston kichik va o‘rta biznesini onlayn-savdo bozoriga olib chiqish uchun 1 mlrd dollar ajratadi. Bu haqda kompaniya asoschisi Jeff Bezos Hindistonga tashrifi vaqtida ma’lum qildi.

BBC News xabar qilishicha, Bezos Hindistonni XXI asrda biznesni rivojlantirish uchun eng asosiy bozor deb atagan. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Amazon 2025 yilga kelib Hindistonning 10 mlrd dollarlik mahsulotlarini eksport qiladi.

Hozirda kompaniya bu mamlakatga 5,5 mlrd dollarlik investitsiya kiritgan.

Xabar qilinishicha, Bezosning Hindistonga uch kunlik tashrifi kichik biznes vakillarining noroziliklariga sabab bo‘ladi. Ularning fikricha, Amazon o‘z platformasida arzon narxlarni taklif etib ularni daromadlaridan mahrum qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amazon Hindiston kichik va o‘rta biznesini onlayn-savdoga ulash uchun 1 mlrd dollar ajratadi