19:32 / 15.01.2020
4 138

Rossiya hukumati iste’fo berdi. Medvedev Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari bo‘ladi

Rossiya hukumati iste’fo berdi. Medvedev Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari bo‘ladi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya hukumati iste’fo berdi. Bu haqda bosh vazir Dmitriy Medvedev hukumatning prezident Vladimir Putin bilan, uning Rossiya parlamentiga murojaatnomasidan so‘ng bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qildi.

Putin o‘z murojaatnomasida Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha takliflar bergan edi. Medvedevning ta’kidlashicha, taklif qilingan o‘zgarishlar ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati o‘rtasidagi muvozanatni o‘zgartiradi.

«Ushbu holatda ochiq ko‘rinib turibdiki, biz Rossiya hukumati sifatida mamlakatimiz prezidentiga tegishli barcha qarorlarni qabul qilish imkoniyatini taqdim etishimiz kerak va hozirgi sharoitda, menimcha, Rossiya konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq, Rossiya hukumati to‘liq tarkibda iste’fo berishi to‘g‘ri bo‘lardi», — dedi Medvedev.

Putin bunga javoban Medvedevga Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini egallashni taklif qildi. Yangi hukumat shakllantirilguniga qadar, Dmitriy Medvedev bosh vazir vazifasini bajaruvchi bo‘lib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya hukumati iste’fo berdi. Medvedev Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari bo‘ladi