AQSH harbiy-havo kuchlarining havo qo‘mondonlik punkti E-4B Nightwatch samolyoti ichidan namoyish qilindi. «Qiyomat kuni» samolyoti deb ham ataluvchi qo‘mondonlik punkti uzoq masofalarga uchuvchi, ikki palubali Boeing 747-200 yo‘lovchi samolyoti negizida yaratilgan.
Bugungi kunda AQSH armiyasida bunday samolyotdan to‘rtta bor. Ular mamlakatning birinchi shaxslari – prezident, mudofaa vaziri va oliy harbiy rahbariyatning boshqa a’zolari uchun yadro urushi boshlanishi, yerdagi boshqaruv tuzilmalari esa vayron bo‘lgan vaziyat uchun mo‘ljallangan. Shunda ushbu samolyotlar qo‘mondonlik punktlariga aylanadi.
Videoda samolyotning yuqori va o‘rta palubalari ko‘rsatilgan. Bu yerda har bir ish o‘rni kompyuter, aloqa vositalari bilan jihozlangan. Shu yerning o‘zida dam olish va uxlash mumkin.
Samolyotda, shuningdek, maslahatlashuvlar xonasi va oshxona bor. E-4B’da yonilg‘i quyuvchi samolyotlardan yonilg‘i olishga mo‘ljallangan qurilma ham o‘rnatilgan. Buning evaziga samolyot bir hafta havoda qolishi mumkin.
E-4B Nightwatch’ning ilk parvozi uzoq 1973 yil iyunida bo‘lib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi