12:00 / 16.01.2020
2 281

OAV: Investorlar zaxira aktivi sifatida oltinga ehtiyoj sezmay qo‘ydi

OAV: Investorlar zaxira aktivi sifatida oltinga ehtiyoj sezmay qo‘ydi
Foto: Google Images
Butun dunyodagi investorlar zaxira aktivi sifatida oltinga ehtiyoj sezmay qo‘ydi. Nyu-Yorkdagi Comex birjasi savdolari ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.

Oltin unsiyasiga fevral oyi xaridlari narxi 1549,1 dollarni tashkil etdi va o‘tgan galgi savdo sessiyasiga nisbatan 0,67 foizga kamaydi. Qimmatbaho metall narxi maksimumga chiqqan o‘tgan haftaga nisbatan pasayish esa 3,2 foizga teng bo‘ldi.

Shuningdek, birjada savdo qilinadigan fondlar (ETF) tomonidan oltinga qo‘yilmalar ham kamaydi — oxirgi bir necha kun ichida bu ko‘rsatkich 20 tonnani tashkil etdi.

Ekspertlarga ko‘ra, oltinga qiziqishning kamayishi investorlar xalqaro taranglik fonida unda qo‘yilmalarining ishonchli himoyasini ko‘rmay qo‘ygani bilan bog‘liq. Qolaversa, AQSH va Xitoy o‘rtasida savdo urushiga chek qo‘yuvchi kelishuv imzolanishi kutilmoqda. Yaqin Sharqdagi vaziyat ham tobora o‘nglanib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Investorlar zaxira aktivi sifatida oltinga ehtiyoj sezmay qo‘ydi