21:02 / 16.01.2020
3 733

Almazbek Atambayev rafiqasi va o‘g‘illari bilan uchrashdi

Almazbek Atambayev rafiqasi va o‘g‘illari bilan uchrashdi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev rafiqasi Raisa va o‘g‘illari Seyitbek va Qodir bilan uchrashdi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev Sputnik Qirg‘izistonga ma’lum qildi.

Uchrashuv seshanba, 14 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Almazbek Sharshenovich o‘zini yaxshi his qilmoqda, sog‘lig‘idan shikoyat qilmayapti”, - dedi advokat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Atambayev Qo‘y-Toshda bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi materiallari bilan tanishib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, 7 avgust kuni Qirg‘iziston maxsus topshiriqli bo‘linmalari harbiylari sobiq prezident Almazbek Atamboyevning Chuy viloyatidagi Ko‘y-Tosh qishlog‘ida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Sobiq prezidentni qo‘lga olishga urinib, maxsus amaliyot o‘tkazishdi.

Biroq uddasidan chiqa olishmadi, chunki sobiq prezidentning tarafdorlari qattiq qarshilik ko‘rsatishdi. Ushbu hodisalar natijasida bir harbiy halok bo‘ldi. 8 avgust kuni uni qo‘lga olish amalyoti takroran o‘tkazildi. Natijada siyosatchi taslim bo‘ldi. Hozirda Atambayev va uning bir necha tarafdorlari hibsga olingan va jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Almazbek Atambayev rafiqasi va o‘g‘illari bilan uchrashdi