Foto: Larry Newberry
Avstraliyaning o‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekayotgan Yangi Janubiy Uels shtatida uzoq kutilgan yomg‘irlar yuz minglab baliqlarning nobud bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yomg‘ir yong‘inlardan qolgan kulni Makley daryosiga yuvib tushirishi baliqlarning nobud bo‘lishiga olib kelgan.
Ekologlarning aytishicha, baliqlarning bunday ko‘p miqdorda nobud bo‘lishi oqibati bir necha o‘n yillar davomida sezilishi mumkin.
Kulning suvga tushishi bakteriyalar ko‘payishiga olib kelgan. Ular esa suvdan kislorodni chiqarishi natijasida baliqlar kislorod yetishmasligidan nobud bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, bunday holatni Avstraliya sharqiy sohilidagi barcha daryolarda kuzatish mumkin.
Avstraliyada oktabrdan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari bir milliarddan ko‘proq jonzotning nobud bo‘lishiga, millionlab gektar o‘rmonning yonib kul bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. 16 yanvarda “yashil qit’ada” qurg‘oqchil ob-havodan keyin kuchli yomg‘irlar boshlanib, yong‘inlarni o‘chirishda yordam bergan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi