20:58 / 19.01.2020
2 702

Putin bir shaxs hokimiyatda muddatsiz bo‘lishi tajribasiga qaytmagan ma’qulligini ma’lum qildi

Putin bir shaxs hokimiyatda muddatsiz bo‘lishi tajribasiga qaytmagan ma’qulligini ma’lum qildi
Foto: «RIA Novosti»
Bir shaxs hokimiyatda muddatsiz bo‘lishi tajribasiga qaytmagan ma’qul. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda ikkinchi jahon urushi faxriylari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.

Putin bilan muloqot chog‘ida faxriylardan biri prezident vakolatlarini aniq muddatlar bilan cheklashdan voz kechish va buni Rossiya konstitutsiyasida belgilab qo‘yishni taklif qildi. Bunga javoban Putin ayrim fuqarolardagi prezident almashinuvi olib kelishi mumkin bo‘lgan beqarorlik bilan bog‘liq xavotirlarini tushunishi, biroq sovetlar paytidagi tajribani qayta tiklash zarurati yo‘qligini bildirdi.

«O‘tgan asrning 80 yillari o‘rtalaridagi davlat rahbarlari oxirgi kunlarigacha hokimiyatda bo‘lishlari va hokimiyat almashinuvi uchun zarur shartlarni ta’minlamasliklariga oid vaziyatga qaytish juda ayanchli bo‘lar edi. Yaxshisi, bunday holatga qaytmagan ma’qul», — dedi Rossiya prezidenti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin bir shaxs hokimiyatda muddatsiz bo‘lishi tajribasiga qaytmagan ma’qulligini ma’lum qildi