Islom inqilobi muhofizlari korpusi katerlari Fors ko‘rfazida Kuvaytga qarashli uchta kemani ushladi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning xabariga ko‘ra, "Kuvaytga qarashli uchta kema Eron hududiy suvlariga bostirib kirganidan so‘ng ushlangan".
Islom inqilobi muhofizlari korpusi vakilining aniqlik kiritishicha, "Kuvaytga qarashli baliqchilik shxunalari Mohshahr shahri yaqinida ushlangan". Uning so‘zlariga ko‘ra, shxunalar hududga noqonuniy ravishda kirgan.
U shuningdek, to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi hibsga olingani va Eron sud hokimiyatiga topshirilganini aytdi.
Mazkur holat bo‘yicha Kuvayt amirligi hukumati tomonidan rasmiy izoh hozircha berilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi