12:12 / 20.01.2020
3 577

Yuliya Timoshenko Ukrainaning tugatilish jarayoni boshlanganini bildirdi

Yuliya Timoshenko Ukrainaning tugatilish jarayoni boshlanganini bildirdi
Foto: «TASS»
Batkivshina partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko mamlakatning tugatilish jarayoni boshlanganini bildirdi. Bu haqda u mahalliy ZIK telekanaliga intervyusi chog‘ida ma’lum qildi.

Sobiq bosh vazirga ko‘ra Ukraina mustaqillikka erishganidan so‘ng tashqi ta’sir ostiga tushib qoldi va «barcha istaganicha foydalanadigan» ob’ektga aylanib qoldi. Mamlakat mustaqillik davri yo‘qotilganini tan olishi, uning rahbariyati esa tegishli xulosa chiqarishi lozim.

«Mening ishim va vazifam — aniq faktlar, raqamlar yordamida Ukrainaning tugatilishi jarayoni boshlanganini tushuntirishdan iborat. Bu ma’lumotni har bir ukrainalikka yetkazishni uddalay olmasak va vaqt yo‘qotsak, buning o‘rnini hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydi», — dedi Timoshenko.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yuliya Timoshenko Ukrainaning tugatilish jarayoni boshlanganini bildirdi