Foto: AR/TASS
Britaniya shahzodasi Harri Kanadaga - turmush o‘rtog‘i Megan Markl va o‘g‘li Archining yoniga keldi, deb xabar berdi Sky News telekanali.
Telekanal e’lon qilgan videoyozuvda Harrining Vankuver orolidagi aeroportda samolyot trapidan tushayotgani va avtomobilga o‘tirayotgani tasvirlangan. Shahzoda Harri oilasi bilan Kanadada yashashi kutilmoqda.
Avvalroq Bukingem saroyi shahzoda Harri va uning rafiqasi Megan endi qirollik unvonlaridan foydalanmasligini va bundan keyin davlat mablag‘larini olmasligini e’lon qilgandi.
Bu shuni anglatadiki, 2020 yil bahoridan boshlab ular endi «zoti oliylari» deb nomlanmaydi. Ammo ular Sasseks gersogi va gersoginyasi bo‘lib qoladi, shahzoda Harri tug‘ilishida meros qolgan unvonini saqlab qoladi.
Harri va Megan shuningdek, Vindzordagi uyni ta’mirlash uchun Buyuk Britaniya budjetidan sarflangan 2,4 million funtni qaytarib beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi