23:36 / 21.01.2020
3 808

«Atamboyevga Ramzon Qodirov qo‘ng‘iroq qilgan». Advokat Checheniston rahbarini guvoh sifatida sudga chaqirishlarini so‘radi

«Atamboyevga Ramzon Qodirov qo‘ng‘iroq qilgan». Advokat Checheniston rahbarini guvoh sifatida sudga chaqirishlarini so‘radi
Foto : RIA Novosti
Kriminal avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ravishda ozodlikka chiqarilishiga aloqadorlikda ayblanayotgan Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning advokati Checheniston rahbari Ramzon Qodirovni sudga guvoh sifatida chaqirishlarini so‘radi. Bu haqda Atamboyevning advokati Sergey Slesarevga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

"Shomil Otaxanovning ko‘rsatmalari bois Ramzon Qodirovni guvoh sifatida chaqirishlarini so‘radik", - dedi Slesarev.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, sobiq bosh vazir Otaxonov Atamboyevga Qodirov qo‘ng‘iroq qilganini aytgan. Otaxanovning ta’kidlashicha, Checheniston rahbari Batukayevning ozod qilinishi evaziga davlat qo‘riqlash ximzati sobiq rahbari Janish Bakiyevning Qirg‘izistonga ekstraditsiya qilinishida yordam berishni va’da qilgan. Bakiyev Qirg‘izistonda qator og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanib sirtdan bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan.

"Tergov bu ma’lumotlarni tekshirishi kerak", - dedi Slesarev.
Advokat sud raisi uning so‘rovini rad etganini ma’lum qildi.

Batukayev 2006 yilda Bishkek yaqinidagi koloniyalardan birida ommaviy tartibsizliklar uyushtirgani uchun 16 yil 8 oyga ozodlikdan mahrum etilgandi. Isyon vaqtida deputat Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki xodimi o‘ldirilgandi. Batukayev 2013 yilda qonida saratonning so‘nggi bosqichi aniqlangani to‘g‘risidagi shifokorlar komissiyasi xulosasi asosida ozodlikka chiqarilgandi. U bir necha soatdan keyin yangi pasport olgan va Chechenistonga uchib ketgan. Tergovning taxminiga ko‘ra, uning ozod etilishiga yuqori lavozimli amaldorlar, jumladan sobiq prezident Atamboyev ham aloqador.

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari 7-8 avgust kunlari Atamboyevning uyi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘ida uni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot o‘tkazgandi. Amaliyot davomida maxsus xizmatlar xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga qarshi maxsus vositalar qo‘llashgan. Sobiq prezidentning tarafdorlari bunga javoban o‘t ochishgan. Atamboyev tarafdorlari, shuningdek, 6 jangchini garovga olishgan. Natijada bir kunga yaqin davom etgan to‘qnashuvlardan keyin Atamboyev taslim bo‘lishga qaror qilgan. Voqea vaqtida 136 kishi jabrlangan, bir jangchi halok bo‘lgan.

Ayni vaqtda Atamboyev bir nechta ayblovlar bo‘yicha hibsda ushlab turilibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Atamboyevga Ramzon Qodirov qo‘ng‘iroq qilgan». Advokat Checheniston rahbarini guvoh sifatida sudga chaqirishlarini so‘radi