12:09 / 22.01.2020
3 664

Eronda Trampni o‘ldirish uchun 3 mln dollar mukofot e’lon qilindi

Eronda Trampni o‘ldirish uchun 3 mln dollar mukofot e’lon qilindi
Foto: ISNA
Eron parlamenti deputati Ahmad Hamza AQSH prezidenti Donald Trampni o‘ldirish uchun mukofot taklif qildi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.
«Kermon provinsiyasi xalqi nomidan Trampni o‘ldirgan kishiga uch million dollar naqd pul to‘laymiz», — degan Ahmad Hamza.

Qayd etilishicha, deputat Eron diniy rahbarlari Trampga tahdid qilish haqida qaror qabul qilganligi yoki qilmaganligiga aniqlik kiritmagan.
Kermon Eronning shu nomli provinsiyasida joylashgan shahar bo‘lib, 3 yanvar kuni Trampning buyrug‘iga ko‘ra, o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniy aynan shu shahardan bo‘lgan.

AQSH prezidenti Sulaymoniyni terrorchi deb atagan, Eron generalning o‘limi uchun o‘ch olishga va’da bergan. 8 yanvarga o‘tar kechasi Eron AQSHning Iroqdagi harbiy bazalariga raketa zarbalari bergan. Raketa zarbalari berish chog‘ida Tehrondan havoga ko‘tarilgan «Ukraina xalqaro avialiniyalari» kompaniyasining Boeing 737 samolyoti xatolik sababli urib tushirilgan. Samolyot bortida bo‘lgan 176 kishi halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda Trampni o‘ldirish uchun 3 mln dollar mukofot e’lon qilindi