Foto: Swissmint
Shveysariyada Albert Eynshteynning tilini chiqarib turgan mashhur surati tasviri tushirilgan dunyodagi eng kichik oltin tanga zarb etildi.
Tanganing og‘irligi 60 milligrammdan sal ortiq, diametri esa uch millimetrga yaqin. Uning qiymati chorak shveysar frankiga teng. Tangadagi suratni oddiy ko‘z bilan ko‘rishning iloji yo‘q, shuning uchun kattalashtiruvchi oyna va yorituvchi uskunani o‘z ichiga olgan alohida jamlanma ham ishlab chiqarildi: ular tangani batafsil ko‘zdan kechirish imkonini beradi.
Qayd etilishicha, bu tangani chiqarishga umrining uchdan bir qismini Shveysariyada o‘tkazgan Eynshteynning o‘zi ilhomlantirgan.
Eynshteyn tasviri tushirilgan tanga shveysariyalik tennischi Rojer Federer va quyon tasvirlangan yana ikkita tanga bilan teng chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!