Foto: Meduza
JAR fuqarosi Vernon Kryuger 24 metr balandlikdagi simyog‘ochga o‘rnatilgan vino bochkasida yashamoqda, deb yozadi Meduza'ga asoslanib Daryo nashri.
U bochkaga chiqib olganiga ikki oydan oshdi. Kryuger hali beri tushmoqchi emas. Erkak uchun bu irodani sinash usuli.
Erkak 1997 yilda simyog‘ochdagi bochkada o‘tirish bo‘yicha rekord o‘rnatgan. O‘shanda u 67 kunini bochkada o‘tkazgan. Undan keyingi rekord esa 54 kunni tashkil etgan.
Kryuger 2020 yilning 21 yanvarida o‘z rekordini yangiladi. Endilikda u yanada kattaroq marrani ko‘zlamoqda. Bu safar Kryuger hech bo‘lmasa 80 kun bochkada o‘tirmoqchi.
Erkakning aytishicha, bochkada o‘tirish unchalik ham yomon emas. Kryugerning smartfoni bor, internetga kirib turibdi. Bundan tashqari uning tanasi ham bochkada yashashga ko‘nikdi. U ertalab va kechki payt gimnastika qiladi.
Kryugerga restoranlardan ovqat olib kelib berishyapti. Buyurtma pastdan arqon orqali tepaga chiqariladi.
Agar Kryuger qachondir bochkadan tushishga qaror qilsa, uni vertolyotda olib ketishadi. U bochkaga vertolyot yordamida chiqqan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi