17:09 / 24.01.2020
2 560

Ispaniyaga yopirilgan to‘fon sabab 11 kishi halok bo‘ldi (video)

Ispaniyaga yopirilgan to‘fon sabab 11 kishi halok bo‘ldi (video)
Foto: Reuters
Ispaniyaga yopirilgan «Gloriya» to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi, shuningdek, yana to‘rt kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida, deb xabar beradi «Kommersant’»ga asosan Daryo nashri.

Mamlakatning sharqiy va janubiy qirg‘oqlariga kuchli to‘fon yopirilgan, u yerda bir necha kundan buyon suv toshqinlari va yog‘ingarchilik davom etayotgandi. Shamol tezligi soatiga 100 kilometrga yetgan. Qirg‘oqbo‘yi shaharlariga balandligi uch qavatli binoga teng to‘lqinlar yopirilgan.

Bir nechta shahar suv ostida qolgan, ko‘chalardagi suvning balandligi 1 metrdan oshgan. Ispaniya hukumati raisi Pedro Sanches zarar ko‘rgan hududlarga borib, hukumat yordam ko‘rsatishini ma’lum qilgan.

«Biz zudlik bilan yig‘ilish o‘tkazib, yordam ko‘rsatishning barcha mexanizmlarini ishlab chiqamiz», — deydi Sanches.

Hukumat raisi yordamga muhtojlar uchun zarur resurslarni ajratishda «qizg‘anmasligini» bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyaga yopirilgan to‘fon sabab 11 kishi halok bo‘ldi (video)