Foto: AFP
«Atomshunos olimlar byulleteni» jurnali global halokatni anglatuvchi Qiyomat soati millarini 20 soniya oldinga surib qo‘ydi. Bu haqda Meduza nashriga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Endi ushbu soat 23:58:20 ni ko‘rsatmoqda. Mazkur vaqt global halokat timsoli bo‘lgan yarim tunga hech qachon bunchalik yaqin bo‘lmagandi.
Soat millari oldinga surilishi omillari sifatida AQSH va Eron mojarosi tufayli yadroviy tahdidning o‘sishi, o‘rta va qisqa masofali raketalar haqidagi shartnomaning bekor qilinishi hamda Shimoliy Koreyani qurolsizlantirish masalasida siljish yo‘qligi keltirilgan.
Shuningdek, jurnal mualliflari global halokat yaqinlashuv sabablari sifatida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash yetarlicha bo‘lmayotgani va internetda feyk yangiliklar hamda dezinformatsiya bo‘yicha rejalashtirilgan kompaniyalar ko‘payganini ham qayd etib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Qiyomat soati loyihasi 1947 yildan beri mavjud. Undagi vaqt yilda bir marotaba o‘zgartiriladi. 2018 yil boshidan beri bu vaqt 23:58:00 ni ko‘rsatayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi