20:50 / 27.01.2020
5 538

Koronavirus qayerlarda tarqalmoqda? Buni onlayn ko‘rsatuvchi servis ishga tushdi

Koronavirus qayerlarda tarqalmoqda? Buni onlayn ko‘rsatuvchi servis ishga tushdi
Foto: «informator.ua»
Xitoydan tashqariga tarqalib ulgurgan yangi kasallik – koronavirus butun dunyo aholisini xavotirga solmoqda. Qator mamlakatlar Xitoy bilan vaqtincha «bordi-keldi»ni to‘xtatyapti, «buyuk devor» ortida esa shaharlarda ommaviy karantinlar tashkil qilinmoqda.

Internetda ushbu kasallikning dunyo bo‘ylab tarqalishini onlayn ko‘rsatib turadigan servis ishga tushirildi.

Servisning interfeysida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan hamda mazkur kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha AQSH, Xitoy va Yevropada tashkil etilgan markazlardan olingan dolzarb ma’lumotlar, muntazam yangilanib turuvchi statistika ko‘rsatilib boriladi.

Unda dunyoning barcha burchaklarida koronavirus bilan kasallanish holatlari tasdiqlangan ma’lumotlar, tuzalib ketgan bemorlar yoki vafot etganlar soni ham berib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamyurtlarimizga nafaqat Xitoy, balki boshqa xorijiy davlatlarga ham chiqmaslikni tavsiya qilgandi. Qolaversa, Jizzaxda koronavirus tarqalganligi haqidagi xabarlar asossiz ekanligini ham ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus qayerlarda tarqalmoqda? Buni onlayn ko‘rsatuvchi servis ishga tushdi