08:30 / 28.01.2020
6 559

Xitoy televideniyesi koronavirusning Pekindagi birinchi qurboni haqida xabar berdi

Xitoy televideniyesi koronavirusning Pekindagi birinchi qurboni haqida xabar berdi
Foto: Reuters
Xitoy davlat televideniyesi Pekinda koronavirus sababli yuz bergan birinchi o‘lim holati haqida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Daryo nashri.
Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahriga borib qaytgan 50 yoshli erkakda 22 yanvar, chorshanba kuni kasallik aniqlangan edi.

Hozirgacha Pekinda 80 ga yaqin odam koronavirus bilan xastalangani aytilmoqda. 27 yanvarga kelib, Xitoyda koronavirus epidemiyasi oqibatida 81 kishi vafot etdi, 2800 kishi kasallangan.

Virus dastlab 2019 yil dekabr oyi oxirida Uxan shahrida aniqlangan edi. Keyinroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanish holatlari boshqa mamlakatlarda ham, asosan Osiyoda qayd etildi. AQSH, Nepal, Avstraliyada o‘nga yaqin holatlar yuz bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy televideniyesi koronavirusning Pekindagi birinchi qurboni haqida xabar berdi