14:02 / 28.01.2020
4 272

Xitoy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi

Xitoy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi
Foto: Google Images
Xitoy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyingi ikkinchi mamlakatga aylandi. Bu Tinchlik muammolarini o‘rganish bo‘yicha Stokgolm institutining ma’ruzasida qayd etilgan, deb yozmoqda Meduza'ga tayanib Daryo nashri.

Ma’lum qilinishicha, Xitoyning harbiy-sanoat kompleksi hajmini aniqlash uchun ekspertlar Xitoyning qurol ishlab chiqaruvchi to‘rtta kompaniyasining moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganib chiqqan. Bungacha institut Xitoy kompaniyalarini o‘zining 100 ta eng yirik qurol ishlab chiqaruvchilari reytingiga kirita olmagan, chunki ularning imkoniyatlarini baholash juda qiyin bo‘lgan. Biroq birjaga chiqqanidan so‘ng, bir nechta yirik kompaniya hisobotlarni e’lon qilishni boshladi.

Qayd etilishicha, 2017 yilda qurol ishlab chiqaruvchi eng yirik 20 ta davlat ro‘yxatiga AQSHning 11 ta, Yevropa mamlakatlarining 6 ta va Rossiyaning 3 ta kompaniyasi kirgan. Agar o‘sha reyting ayni paytda tuzilganda unga Xitoyning to‘rtta kompaniyasi kirgan bo‘lar edi, ularning uchtasi esa birinchi o‘ntalikda bo‘lar edi.

2017 yilda Xitoyning to‘rtta kompaniyasiga tegishli qurol savdosi hajmi 54,1 milliard dollarni tashkil etgan. Bu Rossiyaning 2017 yildagi eng yirik o‘nta harbiy-sanoat kompaniyasi savdosi hajmidan 16,4 milliard dollarga ko‘p hisoblanadi. Shuningdek, qayd etilishicha, Xitoy kompaniyalari o‘z ko‘rsatkichlarini pasaytirib ko‘rsatishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi