06:59 / 29.01.2020
4 570

“Sulaymoniy o‘limining rejissyori” Afg‘onistondagi qula(til)gan samolyot bortida bo‘lgan

“Sulaymoniy o‘limining rejissyori” Afg‘onistondagi qula(til)gan samolyot bortida bo‘lgan
MRB zobiti Maykl D’Andrea. Foto: Mehr
Afg‘onistonning G‘azni viloyatida amerikaliklarning harbiy samolyoti qulashi natijasida Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning xodimi Maykl D’Andrea halok bo‘ldi.

U AQSHning Yaqin Sharqdagi qator operatsiyalari, jumladan Eron Islom Inqilobi muhofizlari korpusi “Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning yo‘q qilinishiga doir operatsiyalarga rahbarlik qilgan. Bu haqda Rossiya razvedkasidagi manbalariga tayanib, Mehr agentligi xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, D’Andrea qulab tushgan samolyot bortida bo‘lgan.
Mudofaa vazirligi bortda qancha odam bo‘lganligini va halok bo‘lganlar bor yoki yo‘qligini ochiqlamadi”, – deb yozadi The Wall Street Journal nashri.

Shu narsa ma’lumki, hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Afg‘onistondagi Amerika qurolli kuchlari rahbari Sonni Leggettaning aytishicha, tergov yakunida harbiylar bu borada qo‘shimcha ma’lumot berishadi.

27 yanvar kuni Bombardier-11 samolyoti Tolibon nazorati ostidagi hududda urib tushirilgan. Fojea AQSH harbiy bazasidan 10 kilometr uzoqlikda ro‘y bergan. Tolibon butun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

3 yanvar kuni AQSH harbiy havo kuchlarining Bag‘dod aeroportiga qilgan hujumi natijasida Eronda nufuzi jihatidan ikkinchi shaxs – Eron Islom Inqilobi muhofizlari korpusi “Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgan edi va buning ortidan Yaqin Sharq jahon hamjamiyati diqqat markazida turgan edi.

8 yanvar kuni Eron Islom Inqilobi muhofizlari korpusi Sulaymoniy o‘limiga javoban AQSHning Iroqdagi ikkita bazasiga raketa hujumlari uyushtirgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Sulaymoniy o‘limining rejissyori” Afg‘onistondagi qula(til)gan samolyot bortida bo‘lgan