Foto: Patipat Janthong / Keystone Press Agency / Global Look Press
Yangi koronavirus tarqalishi sababli butun dunyodagi aviatashuvchilar Xitoyga parvozlarni qisman bekor qilmoqda.
Reuters agentligining yozishicha, xususan, dunyoning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bo‘lgan United Airlines 1 fevraldan 8 fevralgacha AQSHdan Pekin, Hongkong va Shanxayga 24ta reysni bekor qildi. Britaniya TIV tavsiyasi bilan British Airways ham bu davlatga parvozlarni to‘xtatdi. Gruziya Xitoy bilan aviaaloqani 29 martgacha to‘xtatishga qaror qildi.
Janubiy Koreyaning Air Seoul loukosteri ham xuddi shunday yo‘l tutdi, Tayvanning China Airlines kompaniyasi esa 10 fevralgacha bir nechta reysni bekor qildi. Air Canada Xitoyga har haftada bo‘ladigan 33ta reysdan ayrimlari bekor qilinganini xabar qildi, Germaniyaning Lufthansa kompaniyasi ham bu yo‘nalishga parvozlar kamayganini bildirdi.
Shuningdek, Scoot (Singapur loukosteri) va AisAsia (Malayziya) ham Xitoyga reyslarni bekor qildi.
Xitoyda yangi koronavirusdan vafot etganlar soni bir kun ichida yana 26 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda 132 nafarga, kasallanganlar soni esa 1459 nafarga ko‘payib, 5974 nafarga yetdi. Boshqa davlatlardagi kasallanganlar hisobga olinsa, butun dunyo bo‘ylab ushbu virusdan kasallanganlar soni 6052 nafarga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi