23:36 / 29.01.2020
4 101

Gulnora Karimovaning Yevropadagi ayrim mol-mulklar ro‘yxati

Gulnora Karimovaning Yevropadagi ayrim mol-mulklar ro‘yxati
Buyuk Britaniyaning Yirik firibgarliklarga qarshi kurashish boshqarmasi Gulnora Karimova bilan bog‘liq deb taxmin qilinayotgan mol-mulklar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Surrey grafligida joylashgan Gorse Hill qasri va uning atrofidagi yerlar. Ushbu mulk Rawtenstall International Limited kompaniyasiga tegishli. Britan OAVlari hisob-kitoblariga ko‘ra, uyning qiymati 30 mln funt sterlingni (39 million dollar) tashkil etadi;
2. Porchester Industries Limited kompaniyasiga tegishli bo‘lgan London shahridagi 8 Market Mews ko‘chasidagi ko‘chmas mulk;
3. Londonning Chesham Place ko‘chasidagi Oregon Group Limited kompaniyasiga tegishli kvartira;
4. Emirates NBD Bank bankida Rustam Madumarov nomidagi taxminan 10 million funt sterling miqdoridagi pul va unga hisoblangan foizlar;
5. Coutts & Co bankida Quastel Midgen LLP kompaniyasi hisobidagi 46,8 ming funt sterling va unga hisoblangan foizlar;
6. Principia Estate va Asset Management kompaniyalariga tegishli bo‘lgan 5400 funt sterling;
7. Principia Estate va Asset Management / Farrar & Co kompaniyalariga tegishli bo‘lgan 7512 funt sterling.

Manba: t.me/qoshni_mahalla

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gulnora Karimovaning Yevropadagi ayrim mol-mulklar ro‘yxati