00:13 / 30.01.2020
6 550

Avstraliyalik olimlar koronavirusni davolash yo‘lini topishdi

Avstraliyalik olimlar koronavirusni davolash yo‘lini topishdi
Avstraliyalik olimlar Xitoydan tashqarida birinchi bo‘lib koronavirusni yaratishdi. Ular buni “muhim yutuq“ deb atashdi. Qayd etilishicha, bu holat virusni aniqlash va davolashga yordam beradi.

“Melburn shahridagi ixtisoslashtirilgan laboratoriya tadqiqotchilari o‘tgan juma kuni olingan Xitoy koronavirusining nusxasini yaratishga muvaffaq bo‘lishganini ma’lum qilishdi, deydi “bbc.com”.

“Biz shunga o‘xshash holatlarga ko‘p yillar davomida tayyorlanib kelganligimiz bois tezroq javob olishga muvaffaq bo‘ldik“, dedi Piter Doerti infeksion va immunitet instituti doktori Mayk Ketton.

Avstraliyalik olimlar ushbu virusning qayta tiklangan nusxasini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga topshirishni rejalashtirmoqdalar, bu ularning virusni tashxislash va davolash bo‘yicha universal harakatlariga yordam berar ekan.

“Koronavirus nusxasi sinov uchun nazorat materiali sifatida ishlatilishi mumkin”, deydi avstraliyalik olimlar.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ular yaratgan nusxa tufayli koronavirus tashxisini erta bosqichda — alomatlarini hali namoyon qilmagan odamlarda aniqlash mumkin ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyalik olimlar koronavirusni davolash yo‘lini topishdi