Finlyandiyada Xitoyda tarqalgan yangi koronavirusni yuqtirish bo‘yicha ilk holat qayd qilindi. Bu haqda Yle teleradiokompaniyasi portali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, koronavirus Finlyandiyaga virus o‘chog‘i hisoblangan Uxandan 5 kun avval kelgan 32 yoshli sayyoh ayolda topilgan.
Ayolning o‘zi o‘tgan hafta unda kasallik alomatlari paydo bo‘lganiga gumon bilan Ivalo shahri shifokorlariga murojaat qilgan. Ta’kidlanishicha, ayol yana 15 kishi bilan muloqotda bo‘lgan, ularning barchasi 2 hafta davomida nazorat ostida bo‘ladi.
Avvalroq finlyandiyalik tibbiyotchilar Uxandan kelgan ikki sayyohning tahlillarini tekshirishayotganini ma’lum qilishgan. Ikkinchi sayyohning tahlili haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan kasallanganlar soni 6078 nafarni, vafot etganlar soni 132 nafarni tashkil qilmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusning tarqalishi jadallashgani sababli 30 yanvarga favqulodda qo‘mitasining maxsus yig‘ilishini chaqirtirmoqda. Yig‘ilish tashkilotning Jenevadagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tadi.
Qo‘mita koronavirus tarqalishi xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat ekani-yo‘qligini belgilashi lozim bo‘ladi.
JSSTning koronavirus bo‘yicha ilk yig‘ilishi o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda tashkilot bosh direktori yangi koronavirusni xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deb e’lon qilishga hali ertaligiga qaror qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?