10:53 / 30.01.2020
2 407

Qozog‘istonda ichida xorijliklar bo‘lgan 8ta avtobus qor ichidan qutqarib olindi (video)

Qozog‘istonda ichida xorijliklar bo‘lgan 8ta avtobus qor ichidan qutqarib olindi (video)
Foto: «Azh.kz»
Ichida xorijlik yo‘lovchilar bo‘lgan sakkizta avtobus Samara—Chimkent trassasida qor ichidan qutqarib olindi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Voqea 27 yanvar, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan Samara—Chimkent yo‘lida Aqto‘be viloyati politsiyachilari jami 368 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan 8 ta avtobusni qor ichidan olib chiqishga ko‘maklashgan. Odamlar orasida 12 nafar ayol va 7 nafar bola ham bo‘lgan. Barcha yo‘lovchilar isinish punktlariga yetkazilgan.

27 yanvarda kuchli qor bo‘roni va yer muzlashi oqibatida Aqto‘be viloyatida respublika hamda viloyat miqyosida yuk tashish va yo‘lovchi tashish transporti harakati cheklandi. Politsiyachilar va qutqaruvchilar qor ostida tiqilinchda qolib ketgan haydovchilar va ularning yo‘lovchilariga yordam ko‘rsatmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda ichida xorijliklar bo‘lgan 8ta avtobus qor ichidan qutqarib olindi (video)