19:43 / 30.01.2020
2 591

Pompeo Xitoy kompartiyasini «davrimizning asosiy tahdidi» deb atadi

Pompeo Xitoy kompartiyasini «davrimizning asosiy tahdidi» deb atadi
AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoy kommmunistik partiyasini «davrimizning asosiy tahdidi» deb atadi.

"Vaqt o‘tmoqda, biz terrorizm borasida o‘ta hushyor turishimiz kerakligiga qaramasdan, butun dunyo bo‘yicha muammolar mavjud. Xitoyning boshqaruvchi partiyasi davrimizning asosiy tahdidi bo‘lib qolmoqda", - dedi Pompeo britaniyalik hamkasbi Dominik Raab bilan Londondagi Policy Exchange tadqiqot instituti qilgan chiqishida.

"Mamlakatlarimiz o‘rtasida biznes sohasida ulkan ish olib borish imkoniyati bor. Ammo Xitoy kompartiyasi va uning raisi ularda biz ertalab Dominik bilan gaplashgan qadriyatlarga mos kelmaydigan dastur borligini anglatdi", dedi u.

Pompeo dunyoni G‘arb demokratik tamoyillari boshqarishi kerakligini ta’kidladi.
"Biz – G‘arb keyingi asrda G‘arb demokratik tamoyillari boshqarishini jamoaviy ravishda ta’minlashimiz lozim. Nafaqat AQSH, balki ozodligimizni sevadigan hamda demokratiya va qonun ustuvorligini qadrlaydigan barcha keyingi yuz yillikda bu hukmron model bo‘lib qolishini ta’minlashi kerak", - dedi AQSH davlat kotibi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pompeo Xitoy kompartiyasini «davrimizning asosiy tahdidi» deb atadi