08:27 / 31.01.2020
3 781

Mars sayyorasiga oid yana bir sir oshkor bo‘ldi

Mars sayyorasiga oid yana bir sir oshkor bo‘ldi
Foto: ukrinform.ru
Kaliforniya Texnologiyalar Instituti mavjudligi uzoq vaqtlardan beri tushunib bo‘lmaydigan deb hisoblangan Marsning janubiy qutbidagi muz qatlamlari paydo bo‘lishining sirini ochishdi.

Ular bir nechta omillar, shu jumladan, sayyora o‘qining tebranishlari asosiy rol o‘ynaganligini ko‘rsatadigan modelni ishlab chiqishdi. Bu haqda “Phys.org” saytidagi press-relizda ma’lum qilindi.

Sirli tuzilma o‘zgaruvchan muzlatilgan karbonat angidrid qatlamlaridan va bir kilometr chuqurlikka cho‘zilgan suvdan iborat. Nazariy jihatdan bunday tuzilma mavjud bo‘lishi mumkin emas, chunki “quruq muz“ suv muziga nisbatan kamroq termal turg‘unlikka egadir.

Yangi model qayd etishicha, bunday holat uchta omil birlashtirilgandagina paydo bo‘ldi: sayyora o‘qining egilish burchagi o‘zgarishi, muzda quyosh nurining aks etishi darajasi va “quruq muz“ eriganida atmosfera bosimining ko‘tarilishi.

Olimlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi nazariy model sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari bilan mos kelgan va so‘nggi 500 ming yil ichida Marsning aylanish o‘qi o‘zgargani, natijada sayyoraning janubiy qutblari har xil miqdordagi quyosh nurlarini qabul qilganligini ko‘rsatgan.

Ya’ni, “quruq muz“ yorug‘lik kam bo‘lganda to‘plangan, quyosh nurlanishi cho‘qqisi kelganida esa “sublimatsiya” (moddaning kristall (yoki qattiq) holatdan suyuq holatga o‘tmay turib, bevosita gaz holatga o‘tish jarayoni)ga uchragan. Biroq muzlatilgan karbonat angidrid bilan bir qatorda, oz miqdordagi suv muzi to‘planib, karbonat angidridning pastki qatlamini himoya qilgan.

Eng qadimgi va eng chuqur muz qatlami 510 ming yil oldin, barcha karbonat angidrid atmosferada bo‘lganida, haddan tashqari izolyatsiya davridan keyin hosil bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mars sayyorasiga oid yana bir sir oshkor bo‘ldi