19:30 / 31.01.2020
2 526

Xitoyda Xiaomi’dan keyin Apple va Google ham do‘kon va ofislari yopmoqda

Xitoyda Xiaomi’dan keyin Apple va Google ham do‘kon va ofislari yopmoqda
Koronavirus sababli Xitoyda ko‘plab ommaviy tadbirlar to‘xtatilgan, «Xitoycha Apple» ham Xiaomi Mi 10 smartfonlarining to‘laqonli taqdimotini bekor qilgan. Bundan tashqari, mazkur kompaniya o‘z yurtidagi do‘konlarini ham yopib qo‘ydi.

Endi jahonning yirik texnologik gigantlari – Apple va Google ham Xitoydagi hamda unga qo‘shni mamlakatlardagi faoliyatining bir qismini to‘xtatmoqda. Sababi o‘sha – xodimlar koronavirus yuqtirishining oldini olish.

Jumladan, Google kompaniyasi Xitoydagi barcha (Pekin, Guanchjou va Shanxay shaharlaridagi) ofislarining, shuningdek, Gonkongdagi, yana Tayvan poytaxti – Taybey shahridagi ofislarining faoliyatini to‘xtatgan.

Ayni damda Xitoydagi ayrim kompaniyalar faqat onlayn savdo bilan shug‘ullanishmoqda, lekin xaridorlar baribir koronavirus xavfidan cho‘chishmoqda.

Apple esa «Osmon osti saltanati»dagi barcha uchta do‘konini vaqtincha yopgan, u ham o‘z xodimlariga xastalik yuqib qolishidan cho‘chimoqda. Aytish kerakki, ushbu korporatsiyaga koronavirus katta ziyon keltiryapti – uning qurilmalarini terib beruvchi Foxconn va Pegatron zavodlari yopilishi mumkin.

Bu korxonalar epidemiya o‘chog‘i deb hisoblanib karantinga olingan Uxan shahridan 500 kilometr masofada joylashgan. Apple mahsulotlari uchun butlovchi qismlar tayyorlash va ularni terish bilan ushbu zavodlarda o‘n mingga yaqin kishi shug‘ullanadi. Xitoycha Yangi yil bayrami munosabati bilan ularning aksariyati hozirda o‘z uylariga, shu jumladan Uxanga ham ketishgan. Bu shahar joylashgan Xubey provinsiyasi hozir izolyatsiya qilingani sababli Foxconn hamda Pegatron’ning ko‘p xodimlari ishga qayta olmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda Xiaomi’dan keyin Apple va Google ham do‘kon va ofislari yopmoqda