11:37 / 01.02.2020
3 785

Koronavirusdan Xitoyda yana 46 kishi vafot etdi

Koronavirusdan Xitoyda yana 46 kishi vafot etdi
Foto: AFP
Xitoyda yangi koronavirus qurbonlari soni yana 46 kishiga ko‘paydi. Virus yuqtirganlar soni 12 ming kishiga yaqinni tashkil qilmoqda.
Virusning qurbonlari umumiy soni 259 nafarga yetdi, 11791 odam u bilan zararlangan. Bu haqda 1 fevral kuni Xitoy mutasaddi idoralari ma’lum qildi.

Bir kun ichida virus bilan kasallanganlar soni 2102 nafarga ko‘paygan. Kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 243 nafarga yetdi.
Bir kun avval virus keltirib chiqaruvchi zotiljamdan 213 kishi vafot etgani, 9692 kishi virus yuqtirgani ma’lum qilingandi.

Bundan tashqari, 17988 kishi koronavirus yuqtirganlikka gumon qilinmoqda.
Shuningdek, Xitoyning maxsus ma’muriy hududlari hisoblangan Hongkongda 13 kishi, Makaoda 7 kishi, Tayvanda 10 kishi virusga chalingan.

Osiyoning qolgan davlatlarida virus yuqtirish bo‘yicha 80 ta, Yevropada 19 ta, Shimoliy Amerikada 10 ta, Avstraliyada 9 ta, dunyoning qolgan hududlarida 4 ta holat qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusdan Xitoyda yana 46 kishi vafot etdi