17:30 / 01.02.2020
2 075

Noqonuniy nusxadagi kitoblarning Telegram’da tarqalishi Rossiyaga yiliga 55 mlrd rubl zarar keltirmoqda

Noqonuniy nusxadagi kitoblarning Telegram’da tarqalishi Rossiyaga yiliga 55 mlrd rubl zarar keltirmoqda
Foto: «Apps4.life»
Kitoblarning Telegram kanallaridagi noqonuniy nusxalari tufayli Rossiyada kitoblar bozori yiliga 55 milliard rubldan ko‘proq moddiy zarar ko‘rmoqda, deydi internet huquqlarni himoya qilish uyushmasi (IHHQU) bosh direktori Maksim Ryabiko «Vedomosti»ga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 200 ga yaqin Telegram kanallari orqali kitoblarning noqonuniy nusxalari tarqatilmoqda va ularning umumiy auditoriyasi 2 million kishini tashkil etadi. Ryabikoning ta’kidlashicha, ushbu messenjer hozirda ‘ru.net’da qaroqchilikning eng katta manbalaridan biri hisoblanadi.

Mualliflar Telegram’dagi qaroqchilikka qarshi blokirovka bilan kurasha olmaydi, chunki 2018 yil aprel oyidan boshlab sud qarori bilan ushbu messenjerga kirish rasman blokirovka qilingan. Uyushma rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Telegram messenjeri IHHQU shikoyatlariga javob bermayapti va noshirlar qaroqchilikka cheklovlarni faqat smartfonlar uchun operatsion tizimlarga ega bo‘lgan Apple va Google’ga murojaat qilish orqali erishishi mumkin.

IHHQU Telegram messenjeridan kontent nusxalarini qidirib topish uchun «raqamli barmoq izi»ni kiritishni yoki kanal egalariga qonuniy da’volarni taqdim etish uchun aniq ma’lumotlarni kiritish majburiyatini taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Film, ko‘rsatuv va serial ishlab chiqaruvchilar ham Telegram’dan shikoyat qilmoqda, deb xabar bergan «Vedomosti».

More.tv video xizmati direktori Denis Gorshkovning so‘zlariga ko‘ra, messenjer shikoyatlarga qisqa vaqt ichida javob bergan, ammo u so‘nggi murojaatlarga javob bermagan.

Internet video assotsiatsiyasining bosh direktori Aleksey Birdinning so‘zlariga ko‘ra, agar messenjer so‘rovlarga bu tarzda javob bersa va uning reaksiyasi bir necha hafta davom etadigan bo‘lsa, bu sport ko‘rsatuvlari va premeralar uchun katta zarar keltiradi.

Telegram asoschisi Pavel Durov «Vedomosti» so‘roviga javob bermadi. Oldinroq esa Telegram’ning The Outline vakili ushbu xizmat doimiy ravishda kontentni moderatsiya qilish vositalarini takomillashtirib borishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil aprel oyida Telegram FXBga shifrlash kalitlarini berishdan bosh tortganligi sababli Roskomnadzor sud qarori bilan Telegram’ni bloklashni boshladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Noqonuniy nusxadagi kitoblarning Telegram’da tarqalishi Rossiyaga yiliga 55 mlrd rubl zarar keltirmoqda