07:30 / 02.02.2020
3 724

Xitoy koronavirusga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi

Xitoy koronavirusga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi
Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi barcha davlatlardan yordam so‘radi.

Xitoy koronavirusga qarshi kurashish uchun dori-darmon vositalari yetkazilishida yordam berishni so‘ragan. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenga shunday iltimos bilan Xitoy davlat kengashi raisi Li Ketsyan murojaat qilgan.

Bundan tashqari, Xitoy tashqi ishlar vazirligida AQSHda koronavirus sababli favqulodda holat kiritilishi va oxirgi 14 kun Xitoyda bo‘lgan xorijliklarga mamlakatga kirish taqiqlanishi hamda Xitoyning xavf darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritilishi keskin tanqid qilingan.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, AQSHda Xitoydan qaytuvchi amerikaliklar tekshiruvdan o‘tkazilib, 14 kunlik karantinda bo‘ladi. “Bu shubhasiz yaxshi niyatning namoyish qilinishi emas”, deb aytgan Xitoy tomoni.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy koronavirusga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi