Foto: China Daily CDIC / Reuters
Xitoyning yangi koronavirus tarqalishi o‘chog‘i hisoblangan Xubeyga qo‘shni Xunan provinsiyasida parranda grippi H5N1 tarqalishi aniqlandi. Bu haqda Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qilgan.
Virus Shaoyan shahridagi parranda fermalaridan birida aniqlangan. Fermada yetishtiriladigan 7850 dona broyler-jo‘jadan 4500 tasi kasallangan.
Mahalliy hokimiyat virus tarqalishi oldini olish maqsadida qariyb 18 ming parrandani yo‘q qilgan.
Ayni vaqtda virusning odamga yuqqani qayd qilinmagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, odamlarning A(H5N1) grippi bilan ilk kasallanish holatlari 1997 yilda Hongkongda yuz bergan. O‘shanda undan 6 kishi vafot etgan. Virus 2003 yilda yana o‘zida haqida ma’lum qilib, undan yangi kasallanish holatlari Xitoyda va Hongkongda qayd qilingan. 2003 yildan 2014 yil mayigacha 15 ta davlat ushbu turdagi grippga chalinish bo‘yicha 665 ta holat haqida ma’lum qilgan, undan 392 tasi o‘lim bilan tugagan.
Parranda grippi A(H5N1) virusi keltirib chiqaruvchi o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, u qaltirash, tana haroratining ko‘tarilishi, mushak, bosh va tomoqdagi og‘riqlar bilan boshlanadi. Bemorning ahvoli keskin yomonlashadi. 2-3 kundan keyin qon aralash ho‘l yo‘tal, nafas siqish boshlanadi. Kasallik buyrak, jigar va miyani zararlashi mumkin. Ushbu turdagi gripp juda tajovuzkorligi va o‘limga olib kelishi darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Ushbu gripp kasallangan tirik yoki o‘lik parranda bilan ta’sirlashganda yuqadi. Shuningdek, kasallikka chalinishga yetarlicha termik ishlov berilmagan kasal parrandaning go‘shti yoki tuxumini iste’mol qilish olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Xitoyda koronavirus epidemiyasi boshlangandan beri kasallanishlar soni birinchi marta nolgacha tushdi

Xitoyda koronavirusdan tuzalib ketganlar soni 57 ming kishidan oshdi

«Koronavirus - insoniyatning umumiy dushmani»: Xitoy koronavirus tarqalishi uchun uzr so‘rash niyatida emas

Koronavirus MDHning yana bir davlatida. Qurbonlar soni oshishi davom etmoqda

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 2 mingdan oshdi

Xitoy janubida parranda grippiga chalinish bilan bog‘liq ikki yangi holat qayd etildi