16:15 / 02.02.2020
3 925

Uxanda koronavirusga chalinganlar uchun mo‘ljallangan ilk shifoxona 10 kunda qurib bitkazildi

Uxanda koronavirusga chalinganlar uchun mo‘ljallangan ilk shifoxona 10 kunda qurib bitkazildi
Bu haqda Xitoy OAV xabar berdi. “Xoshenshan” gospitali ming o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, u yerda 1,4 ming harbiy tibbiyotchi ishlaydi.
Shifoxona qurilishi 23 yanvar kechki payt boshlangan va uni 3 fevralgacha qurib bitkazishga va’da berilgandi. Shundan keyin kasallar uchun kattaroq yana bitta shifoxona qurishga qaror qilingandi.

Foto: Getty Images

Foto: Shutterstock

Foto: Getty Images
“Leyshenshan” deb nomlanadigan ikkinchi shifoxonani 6 fevralgacha qurib bitkazish rejalashtirilgan. Uning maydoni 60 ming kvadrat metrni tashkil qiladi va undan 51 ming kvadrat metri bevosita bemorlarni karantin sharoitlarida joylashtirishga mo‘ljallangan. Bu yerda 1600 ta koyka joylashtirish mumkin bo‘ladi. Qolgan 9 ming kvadrat metr maydon esa shifokorlar uchun ajratiladi.

Ikkala shifoxonani ham 2003 yil aprelida atipik zotiljam epidemiyasi vaqtida Pekinda qurilgan “Syaotanshan” shifoxonasi modeli bo‘yicha qurishga qaror qilingandi.

Xitoy raisi Si Szinpin “Xoshenshan” shifoxonasiga 1,4 ming harbiy tibbiyotchi yuborilishini e’lon qildi. Bu yerda asosan koronavirusga chalingani tasdiqlangan bemorlar joylashtiriladi. Shifoxonada, intensiv davolash, umumiy davolash, og‘ir kasallarga mo‘ljallangan hamda infeksiyani nazorat qilish, diagnostika bo‘limlari joylashadi.

Bundan tashqari, shifoxonadagi epidemiologik vaziyatni nazorat qilish va uning oldini olishni boshqarish uchun 15 kishidan iborat ekspertlar guruhi tashkil etildi.

“Xoshenshan”ga yuborilayotgan tibbiyotchilarning aksariyati atipik zotiljam epidemiyasi vaqtida “Syaotanshan” shifoxonasida ishlagan yoki Serra-Leone hamda Liberiyada Ebola bezgagiga qarshi kurashda ishtirok etgan hamda yuqumli kasalliklarni davolashda boy tajribaga ega mutaxassislar hisoblanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uxanda koronavirusga chalinganlar uchun mo‘ljallangan ilk shifoxona 10 kunda qurib bitkazildi