13:04 / 03.02.2020
6 990

Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarni dafn etish taqiqlandi

Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarni dafn etish taqiqlandi
Xitoyda 2020 yil 1 fevraldan boshlab koronavirusdan vafot etgan bemorlarni dafn etish taqiqlandi. Bu haqda Globas Times nashri ma’lum qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, vafot etgan bemorlar eng yaqin maxsus hududlarga olib boriladi va yoqib yuboriladi. Shuningdek, virus tufayli vafot etganlarning jasadiga qarindoshlarining yaqinlashishiga ham ruxsat berilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra koronavirus yuqtirganlar soni dunyo bo‘yicha 14 mingdan ortib ketdi, ulardan hozirgacha 362 nafar bemor vafot etdi.

Koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy bilan deyarli barcha davlatlar, xususan O‘zbekiston ham havo va quruqlikdagi chegaralarini noma’lum muddatga yopib qo‘ydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarni dafn etish taqiqlandi