15:58 / 03.02.2020
4 626

Tailandda koronavirusga qarshi samarali dorilar kombinatsiyasi ishlab chiqildi

Tailandda koronavirusga qarshi samarali dorilar kombinatsiyasi ishlab chiqildi
Foto: AFP
OITSga va grippga qarshi dori vositalari 2019-nCoV koronavirusiga chalingan bemorni davolashda samara bergan. Bu haqda Tailand sog‘liqni saqlash vaziri bayonotiga tayanib South China Morning Post nashri xabar berdi.

71 yoshli xitoylik ayol Bangkokdagi Rachaviti shifoxonasiga yangi turdagi zotiljamning og‘ir alomatlari bilan tushgan. Shifokorlar ayolni davolash uchun grippga qarshi vosita “Oseltamivir” va OITSga qarshi vosita “Lopinavir / Ritonavir”ni qo‘llashgan. “Oseltamivir”, xususan, Yaqin Sharq respirator sindromi MERS’ni davolashda qo‘llangan.

Dori vositalari qo‘llangandan 48 soat o‘tgach koronavirusga tekshiruv ayolda virus yo‘qligini ko‘rsatgan.
Endi Tayland sog‘liqni saqlash vazirligi olingan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun tadqiqotning qo‘shimcha natijalarini kutmoqda.

Ayni vaqtda Tailandda koronavirus 19 kishida aniqlangan, sog‘ayib ketganlar soni 8 nafarga yetdi. Yana 382 kishi virusga chalinganlik gumoni bilan kuzatuv ostida qolmoqda.

Avvalroq Shanxay farmakologiya instituti va Uxan virusologiya instituti olimlari Xitoy tabobatida qo‘llanuvchi Shuanghuanglian Koufuye nomli dori yangi koronavirusni to‘xtata olishini aniqlashgani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda koronavirusga qarshi samarali dorilar kombinatsiyasi ishlab chiqildi