19:48 / 03.02.2020
4 253

Rossiya Konstitutsiyasi Xudo nomi bilan boshlanishi mumkin

Rossiya Konstitutsiyasi Xudo nomi bilan boshlanishi mumkin
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov patriarx Kirill tomonidan taklif etilgan Konstitutsiyada Xudoni eslash g‘oyasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

"Kremlda bu masala komissiya doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Bilasiz, komissiya tarkibi juda keng. U yerda turli fikrdagi insonlar bor. Bu taklif ham komissiya a’zolari tomonidan muhokama qilinadi", dedi Peskov.

O‘tgan haftada Moskva va Butunrossiya patriarxi Kirill mamlakat Konstitutsiyasi muqaddimasida Xudo nomi eslanishi haqida taklif bergandi. U o‘z so‘zini izohlarkan, Rossiya aholisining aksariyat qismi Xudo oliy zot ekanini tan olishini aytib o‘tgandi.

Rossiya Konstitutsion qonunchilik qo‘mitasi raisi Andrey Klishasning ta’kidlashicha, Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish komissiyasi hay’ati bu taklifni ham ko‘rib chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Konstitutsiyasi Xudo nomi bilan boshlanishi mumkin