11:50 / 04.02.2020
3 527

Koronavirus bilan kasallangan ayol sog‘lom bolani dunyoga keltirdi

Koronavirus bilan kasallangan ayol sog‘lom bolani dunyoga keltirdi
Foto: «ecns.cn»
Xitoyning Xeylunszyan provinsiyasi Xarbin shahar shifoxonasida koronavirusni yuqtirgan ayol sog‘lom qizaloqni dunyoga keltirdi, deya xabar berdi mahalliy «ECNS» yangiliklar portali.

Ayol homiladorlikning 38-haftasida bo‘lgan. Bemorning ahvoli juda tez yomonlashayotgani sababli shifokorlar Kesar kesishni amalga oshirishga qaror qilgan. Natijada vazni 3,05 kilo keladigan qizaloq dunyoga keldi. Go‘dak tug‘ilgandan so‘ng karantinga joylandi. Ikki martalab olingan tahlillar ham murg‘ak go‘dakda koronavirus yo‘qligini ko‘rsatdi.

Ayni vaqtda ona-bolaning sog‘ligi «barqaror yaxshi» deya baholanmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus tufayli 425 nafar inson hayotdan ko‘z yumdi, qariyb 20 mingdan ortiq kishi zararlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus bilan kasallangan ayol sog‘lom bolani dunyoga keltirdi