14:32 / 04.02.2020
3 122

Rossiyalik 16 milliarder bir oy ichida 8 mlrd dollar yo‘qotdi

Rossiyalik 16 milliarder bir oy ichida 8 mlrd dollar yo‘qotdi
Foto: Petr Kovalev/TASS
Bloomberg’ning “Milliarderlar indeksi”ga kiruvchi 16 rossiyalik milliarder bir oy ichida 8 mlrd dollar yo‘qotdi. Shu bilan birga ro‘yxatdan o‘rin olgan 7 nafar rossiklikning boyligi umumiy hisobda 2,7 mlrd dollarga ko‘paygan.

Bunday ma’lumotlarni 2012 yildan beri “Milliarderlar indeksi”ni e’lon qilib keluvchi Bloomberg axborot agentligi keltirib o‘tdi. Ushbu ro‘yxatdan umumiy hisobda dunyoning eng boy 500 kishisi o‘rin oladi.

7 rossiyalik milliarder joriy yil boshidan o‘z boyligini yanada oshirishga muvaffaq bo‘lgan: Vladimir Potaninning aktivlari 1,44 mlrd dollarga, Vagit Alekperov - 600 mln dollar, Viktor Rashnikov - 247 mln dollar, Leonid Fedun - 237 mln dollar, Suleyman Kerimov - 145 mln dollar, Andrey Guriyevniki 38,9 mln dollarga va Viktor Vekselbergniki 22,5 mln dollarga ko‘paygan.

Rossiyaning 16 milliarderidan eng ko‘p yo‘qotishlarga Leonid Mixelson uchragan – 2,46 mlrd dollar. Undan tashqari, Gennadiy Timchenkoning aktivlari 1,96 mlrd dollarga, Andrey Melnichenkoniki 1,52 mlrd dollarga, Aleksey Mordashovniki 976 mln dollarga va Alisher Umonovniki 698 mln dollarga kamaygan.

Ro‘yxatning yetakchi uchligini Amazon rahbari Jeff Bezos 124 mlrd dollar, Bill Geyts 116 mlrd dollar va Bernar Arno 97,4 mlrd dollar bilan egallamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik 16 milliarder bir oy ichida 8 mlrd dollar yo‘qotdi