06:29 / 05.02.2020
5 502

JSST koronavirus vaksinasi qachon topilishini ma’lum qildi

JSST koronavirus vaksinasi qachon topilishini ma’lum qildi
Yangi koronavirusning vaksinasini 2021 yildan oldin topishning iloji yo‘q. Bu haqda JSSTning Rossiyadagi missiyaga tayanib Interfaks xabar beradi.

Xitoylik shifokorning so‘zlariga ko‘ra, yangi koronavirus vaksinasi hali yaratilmadi. U kelgusi yilning oxiriga qadar topilmaydi, chunki klinik tadqiqotlar kamida 12 oy davom etadi.

Hozirgi vaqtda olimlar vaksina shtammlarini hosil qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular vaksina yaratilishiga yordam beradi.
2019 yilning 31 dekabrida Xitoy hukumati Uxan shahrida koronavirus tarqalganini ma’lum qilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra (04.02.2020, 16:00), virus tufayli 427 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 20679 kishi virus bilan zararlangan. 697 kishi butunlay sog‘ayib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST koronavirus vaksinasi qachon topilishini ma’lum qildi