Foto: Carlos Garcia Rawlins / Reuters
Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqaruvchi zotiljamdan vafot etganlar soni bir kun ichida 65 nafarga ko‘paydi.
Koronavirus qurbonlari umumiy soni 490 nafarni, u bilan kasallanganlar 24,3 ming kishini tashkil qilmoqda.
Bir kun avval virusdan 425 kishi vafot etgani, 20,4 ming kishi kasallangani ma’lum qilingandi, 892 kishi sog‘ayib ketgan.
Xitoyning ma’muriy hududlari hisoblanuvchi Hongkongda 18 kishi, Makaoda 10 kishi, Tayvanda 11 kishi virusga chalingan. Shuningdek, Hongkongda virusdan ilk o‘lim holati qayd qilindi.
Ayni vaqtda Xitoyda kasallar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 185 ming kishi nazorat ostida qolmoqda.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqarida virusdan 24 ta davlatda 176 kishi kasallangan: Tailand – 25 kishi, Singapur – 24, Yaponii – 21, Janubiy Koreya – 16, Avstraliya – 13, Germaniya – 12, AQSH – 11, Rossiya – 2. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi