10:57 / 05.02.2020
4 258

Tomskdagi yong‘in sababchisi bo‘lgan xitoylik ayol qamoqqa olindi (foto)

Tomskdagi yong‘in sababchisi bo‘lgan xitoylik ayol qamoqqa olindi (foto)
Tomskdagi fojia sababchisi deya gumonlanayotgan “Grin Vud” firmasi direktori, Xitoy fuqarosi Sun’ An’ni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Interfaks nashrining xabar berishicha, ayni vaqtda Xitoylik tadbirkor ayolning advokatlari sudga murojaat qilishgan.

Avvalroq, Xitoy firmasi direktoriga Rossiya Federatsiyasi jinoyat Kodeksining 109 moddasi 3-qismi bilan (ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ko‘proq shaxslarning o‘limiga sabab bo‘lish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qidiruvga berilgan edi.

Foto: Dmitriy Kandinskiy / vtomske.ru
Gumonlanuvchini 25 yanvar kuni Tomsk shahridagi mehmonxonalarning birida ushlangan va 27 yanvardan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Shu yilning 21 yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyati Acinsk tumaniga qarashli Prichulimsk aholi manzilgohida sodir bo‘lgan yong‘inda 12 kishi halok bo‘lgan edi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqaviy boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga Rossiya FVV tomonidan 6 ta texnika va 19 o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 11 nafari shu aholi manzilgohidagi yog‘och ishlab chiqarish zavodida ishlab kelgan o‘zbekistonlik ekani aniqlangan. Yana bir marhuma ayol esa Rossiya fuqarosi edi. Shuningdek, bir necha kun o‘tib, vafot etganlarning barchasini shaxsi aniqlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga asosan yong‘in sabablarini o‘rganish, jabrlanganlar va halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiya sa’y-harakatlari bilan, Tomsk viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlardan 11 nafarining jasadi va fojiada tirik qolgan 2 nafar shaxs ham O‘zbekistonga olib kelindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tomskdagi yong‘in sababchisi bo‘lgan xitoylik ayol qamoqqa olindi (foto)