15:30 / 06.02.2020
3 841

Koronavirusga qarshi dori klinik sinovdan o‘tkazilyapti

Koronavirusga qarshi dori klinik sinovdan o‘tkazilyapti
Foto: «Ok.ru»
Xitoyning Uxan shahar shifoxonasida ekspertlar Amerikaning «Gilead Sciences» kompaniyasiga qarashli koronavirusga qarshi dorini klinik sinovdan o‘tkazishga kirishdilar, deb yozmoqda «China Daily» gazetasiga tayanib "Xabar" nashri.

Chorshanba kuni XXRning dori vositalarini nazorat qiluvchi davlat boshqarmasi «Remdesivir» nomli preparatni sinovdan o‘tkazishning uchinchi bosqichiga ruxsat berdi. Klinik tajriba rahbari Sao Binning so‘zlariga ko‘ra, in vitro (probirkada, tirik organizmdan tashqarida) tadqiqotida preparat koronavirus rivojlanishini to‘xtatishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.

Uning aytishicha, loyiha davomida ikkita tajriba o‘tkazilib, unda «Wuhan Jinyintan Hospital» shifoxonasining koronavirus aniqlangan bemorlari ishtirok etadi. Tajribada og‘ir ahvolda bo‘lgan jami 761 nafar bemor qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 563 nafar kishi koronavirus qurboniga aylangan. 28 mingdan ortiq kishi kasallikdan qiynalmoqda. 1153 nafar odam sog‘aygan. Xitoy chegarasidan tashqarida 190 kishi koronavirusni yuqtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi dori klinik sinovdan o‘tkazilyapti